<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<title>Masihim Ustozim (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 Soʻzingizni oching
 Parvardigorim.
 Menga yoʻl koʻrsating
 Masihim - borim.

[V2]
 Baʼzilardek dono
 Bilimdonmasman.
 Oʻrgating, yoʻqsa men
 Bir xazon, xasman.

[V3]
 Har tong eshigingiz
 Bejiz qoqmadim.
 Hatto yaqinimga
 Baʼzan yoqmadim.

[V4]
 Masihim Ustozim
 Qoʻlimdan tuting.
 Rad etmang, iltijom
 Jannatda kuting.

[V5]
 Ha, men oʻshadirman
 Oʻzingiz bilgan.
 Kalomingiz oʻqib
 Bilganin qilgan.

[V6]
 Faqat mehringizdan
 Umidvor banda.
 Ismingiz chaqirdim
 Qilmayin kanda.

[V7]
 Bilaman men uchun
 Xochga bordingiz
 Shu buyuk sevgi-la
 Qalbda qoldingiz.

[V8]
 Bu Sevgi oldida
 Qilaman taʼzim.
 Sevgi bilan yashash
 Bu mening &quot;qarzim&quot;.</lyrics>
</song>